
Osiyoda para kanoechilarimizga teng keladigani topilmadi
Tailandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tgan para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi.
E’tiborlisi, qit’amizning 10 ga yaqin mamlakatidan 50 dan ortiq sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin va 4 ta kumush medalga sazovor bo‘lgan holda, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan esa Eron va Qozog‘iston terma jamoalari joy oldi.
Oltin
Muxlisa Eshmirzaeva (VL3)
Shaxnoza Mirzaeva (KL3)
Hasan Qo‘ldashev (KL3)
Haytmurod Sherqo‘ziev (VL3)
Kumush
Iroda Rustamova (VL2)
Iroda Rustamova (KL2)
Azizbek Abdulhabibov (KL2)
To‘rabek Nazarqulov (VL3)
Fikrlar