Osiyo velosport konfederatsiyasi kongressi o‘tkazildi

BEPUL PROPAN

Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi kongressi o‘tkazildi.

Unda yigirmaga yaqin mamlakat federatsiyalari rahbarlari, sport uyushmalari va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Kongressda 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni, shu yili sentyabrda bo‘ladigan Xalqaro kongressda ko‘riladigan masalalar, 2020-2021 yillarda Osiyo chempionatini o‘tkazish bo‘yicha mezbonlik qiluvchi davlatlarni aniqlash, shuningdek, 2018 yilda Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklar sarhisob qilindi.

Unga ko‘ra, velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2020 yilgi Osiyo chempionati Malayziyada o‘tishi belgilandi. 2021 yilgi mazkur musobaqaga Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

0bc982cf-bf0a-44bf-99c0-7b2eeea468a2
Anjumanda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) raisi David Laparten va Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) raisi Osama Ahmad Al-Shafarning ma’ruzalari tinglandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!