
Osiyo o‘yinlari: Sabina Boboqulovadan omad yuz o‘girdi!
Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan boks bahslarida vakilamiz - 50 kg vazn toifasida Sabina Boboqulova navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Yurtdoshimiz xitoylik Yu Vuga qarshi bahs olib bordi. "Uyingda devorlar ham yordam beradi", deganlaridek ushbu jangda omad xitoylik bokschiga kulib boqdi.
Yakunda mezbonlar vakilasi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar