
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston termasi Indoneziyani qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan gollar evaziga mag‘lub etdi!
Osiyo o‘yinlari nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Indoneziya o‘yini o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuv asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. Ekstra-taymlarda esa vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi.
Birinchi gol 92-daqiqada kiritildi. Ikkinchisi esa 120-daqiqada urildi. Ahamiyatlisi, ikkala golga ham Sherzod Esanov mualliflik qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya termasi keyingi chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar