
Osiyo o‘yinlari: Bugun ikki nafar bokschimiz jang qiladi
Xanchjouda tashkil etilayotgan Osiyo o‘yinlarida boks bahslari ham start oldi. Musobaqaning 1-4kun dasturidan ikki nafar hamyurtimizning jangi o‘rin olgan.
Jumladan, -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To‘rabek Habibullaev nepallik Dipak Shrestaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu jang taxminan Toshkenrt vaqti bilan 13:25dan so‘ng boshlanadi.
-54 kgdagi vakilamiz Nigina O‘ktamova esa filippinlik Irish Magnoga qarshi jang bilan o‘z yurishini boshlaydi. Bu qarama-qarshilik 16:40 dan so‘ng start oladi.
Janglar Sport TV orqali namoyish etilmoqda.
Osiyo o‘yinlariga bog‘liq yangiliklarni bizda kuzatib boring!
Fikrlar