Osiyo o‘yinlari: Bahodir Jalolov Ishtirokidagi jang yakunlandi

  • 30 sentabr, 2023, 18:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining bugungi kun bahslaridan o‘rin olgan so‘ngi bokschimizning chiqishi ham o‘z yakuniga etdi. Unda og‘ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi. Unga tojikistonlik Muhammad Abroriddinov  raqiblik qildi.

Tecno

Ha, raqibidan anchagina ustun bo‘lgan bokschimiz jangda ham buni yaqqol isbotladi va yosh raqibiga o‘ziga xos "master-klass" o‘tab berdi. Yakunda, yurtdoshimiz 2- raundda muddatidan avval raqibini mag‘lub etdi. Raqibning murabbiylari 2-raundda hisob ochilganidan so‘ng, jangni davom ettira olmasligini bildirishdi. Shu tariqa yurtdoshimiz navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Jalolov keyingi bosqichda Xitoy vakiliga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!