
Osiyo o‘yinlari: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev g‘alabali odimini davom ettirdi
Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha bahslarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan so‘ngi vakilimizning jangi ham yakunlandi.
-71 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev filippinlik Maryon Pianar bilan bahs yuritdi. Butun jang mobaynida o‘zining chiroyli harakatlari bilan ustunlikni qo‘lga olgan, yurtdoshimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi yurtdoshimiz navbatdagi bosqichda qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi jang qiladi.
Fikrlar