Osiyo kubogi U-23. Vakillarimiz turnir rekordchisiga aylandi!

  • 4 iyun, 2022, 22:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qilmoqda. Biroz avval Timur Kapadze shogirdlari Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazdi va yirik 6:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Gollarga Jasur Jaloliddinov, Hojimat Erkinov, Husain Norchaev, Ulug‘bek Hoshimov hamda Ruslanbek Jiyanov mualliflik qildi. Shuningdek, Yusuf Ayman bir bora o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 

Yirik hisobda zafar quchgan hamyurtlarimiz turnir rekordchisiga aylandi. Aniqrog‘i, shu vaqtga qadar ushbu turnirda hech qaysi jamoa 6 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olmagan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!