Osiyo kubogi U-23. Avstraliya va Quvayt terma jamoasi bosh murabbiylari bugungi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

  • 1 iyun, 2022, 14:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogiga start beriladi. "B" guruhidan joy olgan Avstraliya va Quvayt jamoalari 18:00 da o‘zaro kuch sinashadi. 

Tecno

Mazkur bahs oldidan ikki jamoa bosh murabbiylari o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Trevor Morgan (Avstraliya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi):

"Bu erda ekanimizdan xursandmiz. Birinchi o‘yinga bor etiborni qaratamiz va keyingi o‘yinlarga qadar yaxshilanib boramiz, deb umid qilaman.

O‘zbekistonda birinchi marta bo‘lishim. Bizni bu erda yaxshi kutib olishdi. Toshkentda oz vaqt bo‘ldik. Bu biz uchun yaxshi bo‘ldi. Sababi, tayyorgarlik ko‘rish uchun Qarshiga tezroq borishimiz muhim edi".

Abdul Aziz Hamadeh (Quvayt U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi):

"Bizda 9 ta asosiy futbolchimizdan tashqari qolgan barcha yigitlar hali yosh. Biroq bu bahona bo‘la olmaydi. 

Biz O‘zbekistonga yaxshi va sifatli futbol ko‘rsatishga kelganmiz. Yigitlarga shuni o‘rgatishimiz kerak. 

Men barcha jamoalarni o‘rganib chiqdim va guruhimizdagi raqiblar qiyin ekanini bilaman. Avstraliyaning o‘yin uslubi g‘arbiy Osiyo terma jamoalaridan farq qiladi. 

Ularning futboli Evropa uslubiga yaqin. Tarkibda jismonan kuchli va tartibli harakatlanadigan futbolchilar yig‘ilgan. Lekin jamoamiz bunday raqiblarga qarshi o‘ynashga tayyor, deb o‘ylayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!