
Osiyo kubogi U-23. O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum
23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Yaponiya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda nominal mehmonlar 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Yaponlar safida Yuito Sudzuki dubl qayd etdi. Shuningdek, Mao Xosoya bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "kun chiqar yurt" vakillari yarim finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda ularga O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.
Fikrlar