Osiyo kubogi U-23. Finalni boshqaradigan hakamlar ma’lum
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Salman Ahmad Falahi. Unga qanotlarda Yusuf Aref Al-Shamari hamda Zahiy Snaid Alshammari yordam beradi. Uchrashuvda VAR hakami vazifasi - Omar Muhammad Ahmad Hassanga (BAA) topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi ertaga, 19-iyun kuni soat 18:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.



Fikrlar