Osiyo kubogi U-20. O‘zbekiston yoshlari bugun oq rangli liboslarda harakat qiladi. Uchrashuv hakamlari ham ma’lum

  • 1 mart, 2023, 15:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun soat 19:00 da O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Suriya termasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv oldidan O‘FA matbuot xizmati o‘yinga doir muhim ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Tecno

Unga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugungi uchrashuvda to‘liq oq libosda maydonga tushadi. Darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Shuningdek, mazkur bahsda bosh hakam sifatida Muhammad Nazmi Nasaruddin (Malayziya) ishlaydi. Unga qanotlarda Muhammad Zairul (Malayziya) hamda Yosuke Takebe (Yaponiya) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa ummonlik Qosim Matar Al-Hatmiga topshirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!