
Osiyo kubogi U-17. 9 kishi bo‘lib bir taym harakat qilgan O‘zbekiston Osiyo chempioniga aylandi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsi yakunlandi. Unda hamyurtlarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi.
Gollar Muhammad Hakimov hamda Sadriddin Hasanov tomonidan kiritildi. Qayd etish lozim, birinchi taymda hamyurtlarimiz 2 ta qizil kartochka olgandi. Shunga qaramay, termamiz vakillari mardonavorlik ko‘rsatdi va Osiyo chempioniga aylandi.
- Osiyo - OFK U17 Osiyo kubogi
- Final

Uzbekistan U17
- M. Khakimov 51'
- S. Khasanov 70'
Tugadi
2
:
0
20.04.2025 20:00

Fikrlar