
Osiyo futbolining eng yaxshisi bo‘lish uchun nomzodlar orasida O‘zbekistondan ham vakillar bor
Joriy yilning 29 oktyabr sanasida Janubiy Koreyaning Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi. Unda o‘tgan 2023 yilgi yirik musobaqalar xususan, Osiyo Kubogi-2023 va futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchi, murabbiy va rasmiylar taqdirlanadi.
Quvonarlisi, turli yo‘nalishlardagi nomzodlar orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev("Eng yaxshi yosh futbolchi") va futzal terma jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov("Eng yaxshi futzalchi") ham bor.
G‘oliblar nomi tantanali marosim davomida e’lon qilinadi.
Fikrlar