"Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynayman deb o‘ylamagandim". Legionerga aylangan futbolchimiz uchun voqealar rivoji shu qadar o‘zgarib ketdiki...

  • 5 aprel, 2022, 15:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonning “Istiqlol” klubi ayni paytda Osiyo Chempionlar ligasi bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti va jamoa hozirda Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.

Tecno

Mazkur klub safiga yaqinda o‘zbekistonlik futbolchi Muhammad Isaev qo‘shildi. Bu borada biz Sports.uz orqali xabar berdik. Isaev yarim himoyachi bo‘lib, o‘tgan mavsumni “Anidjon”da boshlab, “Metallurg”da yakunladi. Umuman aytganda, u “Metallurg”da ko‘proq o‘ynagan. Bu yil esa Osiyo Chempionlar ligasida debyut qilishga yaqin turibdi.

- Muhammadjon, sizni Tojikistonning etakchi klubi safida paydo bo‘lib qolishingiz qanday sodir bo‘ldi?

- Bilasizmi, “Istiqlol” klubi o‘tgan yili ham menga taklif bilan chiqqandi. Bu jamoada darvozabonlar murabbiyi – Farruh Berdiev bor. Aynan o‘sha murabbiy chaqirgandi. Lekin u paytda meni “Metallurg” bilan amaldagi shartnomam bor edi. Bu yil nasib qilgan ekan, “Istiqlol”ga qo‘shildim. Rizqimiz shu erga sepilgan ekan. Osiyo Chempionlar ligasidek nufuzli musobaqada to‘p surib o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.

isaev1

- Ha, oxirgi marta “Metallurg” safida edingiz. Biroq u erda sizni asosiy rollardan birida ko‘rmadik...

- Nimagadir “Metallurg” klubida o‘yin amaliyotiga kam ega bo‘lardim. Bu erda legioner sifatida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lasiz. Qolaversa, chempionlar ligasida o‘zimni sinab ko‘rish uchun ham keldim.

- Ayna shu haqida ham so‘ramoqchi edim. Kecha Bekobodda, bugun esa Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubdasiz. Voqealar rivoji shu tarzda o‘zgarib ketishini bilarmidingiz?

- Yo‘q, Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynayman deb o‘ylamagandim. “Metallurg” bilan bu niyatimga erisha olmadim. “Istiqlol” bilan nasib qilgan ekan, mana ayni paytda jiddiy tayyorlanyapmiz.

isaev4

- Aslini olganda, “Istiqlol”ning taklifni kutganmidingiz yoki...

- Yo‘q, barchasi tez sodir bo‘ldi. “Metallurg” bilan do‘stona xayrlashdim va uyga qaytdim. Keyin esa darhol “Istiqlol”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Natijada Turkiyaga etib borib, jamoaning mashg‘ulotiga qo‘shildim. Barcha vaziyat juda tez yuz berdi.

- Yangi klubda qanday kutib olishdi? OChL oldidan nimani o‘ylayapsiz va bosh murabbiy sizdan nimani talab qilyapti?

- Barchasi yaxshi. Hayajon biroz bor. Ammo biz juda yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bosh murabbiy Vitaliy Levchenko qo‘l ostida Xudo xohlasa barchasi yaxshi bo‘ladi. Levchenko juda yaxshi murabbiy. Talabchan va qattiqqo‘l. Ishdan tashqarida ham yaxshi inson. Men “Metallurg”da tayanch yarim himoyasida o‘ynayotgandim. “Istiqlol”da mendan hujumchilar ortida o‘ynashimni talab qilyapti. Ochilmagan qirralarimni ochishga harakat qilyapman (kuladi).

isaev5

- Boshqa chiziqda to‘p surishga qiynalmayapsizmi?

- Bu pozitsiyada to‘p surish noqulay emas, ancha o‘rganib qoldim.

- “Istiqlol”ning oldiga OChLda qanday vazifa qo‘yilgan? Bilamizki, o‘tgan yili hammani hayron qoldirgan.

- Maqsadimiz o‘tgan yilgi natija tasodif bo‘lib qolmaganligini isbotlash. Biz guruhdan chiqmoqchimiz.

isaev2

- Ammo bu safar ham guruhda yana “Al-Hilol” bor. Raqiblar haqida fikringiz qanday?

- “Al-Hilol” favorit. Bekorga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashmadi. O‘tgan yili Osiyo Chempionlar ligasi chempioni bo‘ldi. Guruhimizda hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p surayotgan “Sharja” klubi ham bor. Shuningdek, “Al-Rayyan” ham. Bu klubda “Real”da o‘ynagan Xames Rodriges bor. Jahon yulduzlaridan biriga qarshi to‘p surish juda ajoyib bo‘ladi. Bunday futbolchilardan ko‘p narsa o‘rganamiz. “Istiqlol” o‘tgan yili nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ygan. Aytishadi-ku, maydon tekis to‘p yumaloq deb. Biz yana o‘tgan yilgi natijani takrorlashga harakat qilamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/04/2022 10:03
омад ёр булсин!