Osiyo chempionatida Odiljon Aslonov o‘z yurishini muvaffaqiyatli boshladi, bokschi qizlarimizda esa yo‘qotish...

  • 3 noyabr, 2022, 21:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniya poytaxti Amman shaxrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining o‘chinchi kungi janglari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

-80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Odiljon Aslonov Janubiy Koreya vakili Park Jin Xunga qarshi ringga ko‘tarildi. Aslonovning ustunligida kechgan bahsda 5:0 hisobi qayd etildi va hamyurtimiz chorak final bosqichiga yo‘l oldi.

Afsuski, -63 kg vazn toifasida bahs olib borgan Xadichabonu Abdullaeva tailandlik Sonmuek Panpatcharaga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!