
Osiyo chempionati to‘purarligi nega Islom Qobilovga berilmadi?
Xabaringiz bor bugun Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga etdi.
Tailandlik futbolchi Jarensok Vorngorn musobaqaning eng yaxshi to‘purari deb topildi. Uning hisobida 3 ta gol mavjud edi.
Ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonlik futbolchi Islom Qobilov va yana 3 ta futbolchi ham musobaqa davomida 3 martadan raqib darvozasini ishg‘ol etishgan edi. Biroq, mezbon futbolchi 3 ta gol urish uchun hammadan kam vaqt sarflagani bois aynan u to‘purar deb topildi.
Fikrlar