“Osiyo bolalari-2022”. O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 2-o‘ringa ko‘tarildi

  • 3 avgust, 2022, 16:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Uzoq sharqning markaziy shahri bo‘lmish Vladivostokda davom etayotgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari dasturi uchun belgilangan 6-kungi musobaqalar o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Yosh sportchilarimiz o‘yinlarning yana bir dovonidan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Jumladan, sambochilarimiz 9ta, dzyudochilarimiz 4ta, sohil voleybolidagi sportchilarimiz 1ta sovrinli o‘rin bilan umumiy medallar jamg‘armasini yanada boyitishdi.

Ettinchi kungi bellashuvlarni O‘zbekiston sport delegatsiyasi 24ta oltin, 15ta kumush hamda 21ta bronza, jami 60 ta medal bilan qarshilaydigan bo‘lib turishibdi.

9_10

E’tiborli jihati, bugungi bahslar sarhisobiga ko‘ra, vatanimiz yosh sportchilari 12ta davlat, Rossiya Federatsiyasining 8ta alohida jamoasi orasidagi o‘rnini bir pog‘ona yaxshilab oldi. Kecha hamyurtlarimiz 3-o‘ringa ko‘tarilishgan bo‘lsa, bugun 2-o‘rinni egallab turibmiz.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 4-avgust kuni “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari dasturiga binoan sportchi yoshlar badminton, kamondan otish, boks, mini-futbol yo‘nalishlaridagi saralash bahslarida qatnashsa, dzyudo, mast-restling, o‘q otish sport turlarida medallar uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!