
Osimxen tarmoqlarda “Napoli” bilan aloqani uzdi
“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenning klub rahbariyati bilan ziddiyati tobora kuchayib bormoqda.
Nigeriyalik futbolchi noroziligini ko‘rsatish uchun “Napoli”dagi faoliyatiga tegishli suratlarni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan o‘chirib tashladi. Uning sahifalarida faqat avvalgi klublari va Nigeriya terma jamoasidagi faoliyatiga oid suratlar saqlanib qoldi.
Osimxenning jumbushga kelishiga “Napoli” klubi rasmiy sahifalarida futbolchining “Bolonya” bilan bo‘lgan o‘yinda penalti tepishni so‘rab, keyin 11 metrlik belgidan gol ura olmagani aks etgan kulgili videorolik namoyish etilgani sabab bo‘ldi.
O‘sha uchrashuvda Osimxen penaltidan gol urolmaganidan keyin zaxiraga olingan edi. Bundan norozi futbolchi bosh murabbiy Rudi Garsiya bilan ham ziddiyatga borgandi.
Fikrlar