O‘runovning yangi klubi, Zinchenkoni "Man Siti"ga etqazib bergan, Kanchelskis boshqargan "Ufa" haqida!

  • 10 fevral, 2020, 14:42
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi Oston O‘runov Rossiyaning "Ufa" klubi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Bugun ushbu jamoa haqida qisqacha ma’lumot va qanday futbolchilar o‘ynagani haqida xabar beramiz.

"Ufa" klubi 2009 yili tashkil topgan. RPLning o‘tgan mavsumini 14-pog‘onada yakunlagan va joriy mavsumning 19-turidan so‘ng, 25 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turipti.

uWTP9XnWDVfcZvVKeC6aF91vWLSGJwGL

Jamoa tarkibida O‘runovdan tashqari, yana 7 ta legioner to‘p suradi. Bular: Boyan Yokich (Sloveniya), Jemal Tabidze (Gruziya), Ionuts Nedelcharu (Ruminiya), Ketelin Karp (Moldoviya), Olive Till (Lyuksemburg), Andres Vombergar (Argentina), Lovro Bizyak (Sloveniya).

Jamoa RPLning navbatdagi turini 1 mart kuni safarda "Krasnodar"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 ga belgilangan. Shomurodov va O‘runov qarama-qarshiligini kuzatamizmi, degan savol o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarni qiziqtirayotgani tabiiy! Rossiya chempionatining 27-turida 26 aprel kuni "Rostov" o‘z uyida "Ufa"ni qabul qiladi. Aynan, shu kuni hamyurtlarimiz o‘zaro qarama-qarshi kelishlariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

unnamed_1

"Ufa" klubi tarkibida yana bir yurtdoshimiz Vagiz Galiulin ham to‘p surgan. 2014 yilning yozidan boshlab, 2016 yilning yanvarigacha Galiulin O‘runovning yangi klubi sharafini himoya qilgan.

galiulin lose

"Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis 2011-2012 yillari "Ufa" bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. 51 yoshli mutaxassis jamoani "Ural-Povolje" zonasidagi ikkinchi ligadan FNLga olib chiqa olgan.

kanch_1

Ukrainalik futbolchi Aleksandr Zinchenko 2016 yilning iyulida "Manchester Siti" klubiga transfer qilingan. Mana shunday, iste’dodli futbolchini etishtirib bera olgani ham e’tiborga molik!

alexander_zinchenko_tass_14840764_b

"Ufa" 2018/19 yilgi mavsumda Evropa Ligasining saralash bosqichida ishtirok etgan. Ikkinchi bosqichda Sloveniyaning "Domjale" klubini qabul qilib, 0:0 hisobini qayd etgan va safarda ham 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan. Uchinchi bosqichda Lyuksemburgning "Progres" jamoasi bilan 2:2 va 2:1 hisoblarini qayd etgan. Pley off bosqichida Shotlandiyaning "Reynjers" jamoasi to‘sinini enga olmagan.

 

O‘runov yangi klubining asosiy jamoasidagi eng yosh futbolchi hisoblanadi. Hamyurtimizdan tashqari, yana 2 ta 19 yoshli futbolchi bor. Bular: Kirill Folmer va Gamil Agalarov, ammo ushbu futbolchilar O‘runovdan oyiga katta hisoblanishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!