
O‘runovning ustoziga xorijdan yangi jamoa topildi
“Spartak” bosh murabbiyi Domeniko Tedesko yanvar oyida “Shalke" jamoasini qabul qilib olishi kutilmoqda.
Ruhr24 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, gelzenkirxenliklar iste’foga chiqarilgan Manuel Bauma o‘rniga kelasi oy Tedeskoni olib kelishni rejalashtirmoqda. Agar buning imkoni topilmasa, klub Fridxelm Funkel va Torsten Fink kabi mutaxassislarni ham taklif qilishi mumkin.
Domeniko Tedesko yaqinda moskvaliklar bilan yangi bitim imzolashni rad etdi va tezroq yurtiga qaytish istagida ekanini ma’lum qildi.
Hozir Oston O‘runovga ustozlik qilayotgan Tedesko 2017-2019 yillarda “Shalke”da ishlagan va jamoaning Bundesligada kumush medalni qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan.
Fikrlar