O‘runovning ustozi transferlar haqida: Yakuniy qaror endi to‘liq klubga qarashli

  • 8 fevral, 2021, 00:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko u jamoadan ketganidan keyin transfer borasidagi ishlar o‘zgarishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi:

Tecno

"Global miqyosda hech narsa yo‘q. Asosiy farq shundaki, yakuniy qaror endi to‘liq klubga qarashli. Agar rahbariyat biror futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lsa, albatta, men ham o‘z fikrimni aytaman. Biroq ogohlantiraman:"Futbolchilar bilan faqat men uchun shartnoma imzolamang!"

Shuningdek, men transfer talab qilish huquqim yo‘qligini anglab etdim. Agar men rahbarlarga:"Menga shu futbolchi kerak. Uning kelishini istayman", - desam, u keladi va bir necha oydan keyin men ketaman.

Shunga qaramay, biz klub bilan transferlar mavzusida aloqani davom ettirmoqdamiz. Klub egasi Leonid Fedun hamda sport direktori Dmitriy Popov menga doim qo‘ng‘iroq qiladi va fikrimni so‘raydi, vaziyat haqida ma’lum qiladi. Umuman olganda, hammasi avvalgidek. Ammo men sizga aytgan yagona ogohlantirish bilan",-dedi Tedesko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!