O‘runovni olib, buyuk futbolchiga aylantiramiz!

  • 29 noyabr, 2021, 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizning eng iste’dodli futbolchilaridan hisoblangan Oston O‘runov faoliyatidagi murakkab davrni engib o‘tib, yana o‘z o‘yini topib olgani o‘zbekistonlik muxlislarga xursandchilik bag‘ishlamoqda.

Tecno

Xabaringiz bor, Oston Rossiyaga yo‘l olgan paytda yarim mavsum “Ufa”da kreativ o‘yini bilan rus futbolining eng qudrati klublari e’tiborini tortdi. Futbolda jamoa tanlash muhimligi ham bor narsa ekani hamyurtimiz hayotida achchiq tajriba bo‘ldi.

oston-urunov-zabil-pervyj-gol-za-spartak_1600280291389713168

2020 yilning yozida “Spartak” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan legionerimizning keyingi faoliyati yoqimsiz syurprizlarga boy bo‘lganidan hammamiz yaxshi xabardormiz. Aslida o‘sha yilning yozida o‘zbek futbolchilarining Rossiya klublari bilan hamkorligi omadsiz chiqdi. Oston O‘runovdan tashqari, o‘sha payt Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi bilan uzoq yillik bitimni rasmiylashtirgan Jasur Jaloliddinov ham o‘ziga imkoniyat berilishini uzoq kutdi. Unga “Lokomotiv”dan tashqari, ijara shartnomasini taklif qilgan “Tambov” ham premer-ligada birorta uchrashuvda maydonga tushirmadi.

Bir paytning o‘zida deyarli bir xil murakkab vaziyatda qolgan har ikki yosh futbolchimizning qarorlari ham ikki xil bo‘ldi. Jasur o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish ilinjida “Lokomotiv” bilan bir necha yil davom etishi mumkin bo‘lgan daromadli shartnomani bekor qilishdan qo‘rqmadi. U yurtimizga qaytib, hammasini boshqatdan boshlashga qaror qildi. O‘zbekistonda uning darajasidagi futbolchiga jamoa topish muammo bo‘lgani yo‘q.

Oston O‘runov esa legioner sifatida o‘z salohiyatini isbotlash uchun tanqidlar, qiyinchiliklar, jarohatlar, sovuq munosabatlarni engib o‘tishga tayyorligini ko‘rsatdi. U barchasini sabr bilan orqaga tashladi. 20 yoshli yarim himoyachimizning “Ufa”ga uchinchi marta kelishi ancha omadli kechyapti. U jarohatlaridan qutilganidan keyin ufaliklarning etakchilaridan biriga aylandi. Jamoa o‘yiniga sifat qo‘shdi.

18058979_192_216_1744_1089_1920x0_80_0_0_a4aefa78f20afba9e43dc3423e4bdf54

“Ufa” O‘runovni “Spartak”dan mavsum oxirigacha ijaraga olgan. Ularda o‘zbekistonlik yarim himoyachi transferini to‘liq sotib olish huquqi bor. Ko‘pchilikni bu masala qiziqtirib kelmoqda. “Ufa” direktorlar kengashi raisi Rostislav Murzagulov  “RB Sport” nashriga bergan intervyusida Oston borasidagi rejalarni oydinlashtirdi:

- Biz bu futbolchining mahoratli va professional ekaniga zarracha shubha bildirmaganmiz. Uning faoliyatida yuqori darajadagi boshqa klubda o‘ynab keta olmagan jarayon kuzatildi. Yosh yigit ma’lum muddat o‘zini yo‘qotib qo‘ygani ham rost. Lekin hozir uning ko‘zlarida o‘ziga kuchli ishonch va katta ishtiyoq borligini ko‘ryapmiz.

- Bu gaplardan uning transferini sotib olmoqchiligingizni anglash mumkin...

- O‘runov bizning yordamimizda buyuk futbolchiga aylanadi.

1596523731_large-1

Darhaqiqat, “Ufa” bosh murabbiyi Aleksey Stukalov o‘zbekistonlik legionerdan turli pozitsiyalarni kuchaytirishda keng foydalanmoqda. Ufa jamoasida Oston maydon markazida ham. Hujum chizig‘ida ham o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u hozircha oltita uchrashuvda ishtirok etdi. Umuman olganda esa, Rossiyaga borganidan beri “Ufa” uchun 26 ta, “Spartak”da esa to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi.

Endi Oston O‘runovdan o‘yin darajasini yanada oshirib, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytishini kutib qolamiz. Iste’dodli futbolchimiz mamlakatimiz bosh jamoasidagi debyutini 2019 yili nishonlagan va jami beshta uchrashuvda qatnashgan edi.

Evropaga yo‘l yoxud Belarusdagi legionerlarimizdan yangilik kutyapmiz...

Shomurodov yoki Abraxam? Mourino “Zarya”ga qarshi hujumda kim o‘ynashini aytdi!

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Eldor eshityapsanmi, maydonda “yaxshi bola” bo‘lish yaramaydi!

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!