O‘runovga “olovli” futbolka berildi, endi u maydonni yondirishi kerak! (foto)

  • 5 sentabr, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ural” matbuot xizmati yangi futbolchi – Oston O‘runovni jamoa futbolkasi bilan ilk suratini taqdim qildi.

Tecno

- Endi Ostonda bizning “olovli” futbolkamiz bor. Uni rasmiy uchrashuvda kiyishini kutib qolamiz, - deyiladi Ekaterinburg shahri klubining  telegram-kanalida.

ural urunov

 

Ma’lumotlarga qaraganda, Oston O‘runov "Ural" jamoasida 77-raqam ostida to‘p tepadi.

“Spartak” bilan shartnomasini bekor qilgan Oston O‘runov “Ural” jamoasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Legionerimiz yangi jamoasida kamida 2024 yilning yarmigacha to‘p tepishi belgilangan.

“Ural” Rossiya premer-ligasida bir ochko bilan oxirgi pog‘onaga tushib qolgan. Ekaterinburgliklar navbatdagi uchrashuvni 11 sentyabr kuni o‘z maydonida “Torpedo”ga qarshi o‘tkazadi.

Oston O‘runov o‘sha bahsda yangi klubidagi debyutini nishonlashi kutilmoqda. Raqib jamoa – “Torpedo” safida yana bir legionerimiz – Hojimat Erkinov to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kristian Vieri
05/09/2022 23:13
Ostonni agentlari o'zgarmadimi, o'rtoq adminlar