O‘runovga Chempionlar ligasi ishtirokchisi xaridor!

  • 7 iyun, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runov bir yildan beri transfer yangiliklari sahifalaridan tushmayapti. 2020 yilning boshida Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz hayotida yuz bergan o‘zgarishlarning tezkorligi har qanday futbolchining boshini aylantirib qo‘yishi hech gap emas.

Tecno

“Navbahor” va “Lokomoti”dagi muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli muxlislarimiz mehrini qozongan Oston O‘runov juda tez ko‘tarildi.  U har qanday futbolchi havas qiladigan e’tibor va e’tirofga ega bo‘ldi. O‘tgan yilning boshida “Ufa” safiga qo‘shilgan yosh futbolchimiz yarim mavsum davomida Rossiyaning etakchi klublari nishoniga aylandi.

Nihoyat, yozgi transferlar davrida Oston O‘runov “Spartak” bilan besh yillik shartnoma imzoladi. O‘zbek futbolchisiga yo‘l-yo‘riq yo‘rsatgan Shamil Gazizov uni o‘zining sobiq klubi – “Ufa”dan yangi ish joyi – “Spartak”ga olib o‘tdi.

large (2)

Shu erda Shamil Gazizov ozgina xudbinlik qilgani bor gap. U yosh o‘yinchilarni katta klublarga moslashtirishda katta tajribaga ega TsSKA va “Rubin” kabi jamoalar taklifini inobatga olmasdan, O‘runovni  hatto yulduz darajasidagi o‘yinchilarni ham ezib qo‘yadigan katta bosimga ega “Spartak”ga olib o‘tdi.

Rossiyaning eng murakkab ichki muhitga ega klubi Oston tugul, Shamilning o‘ziga ham imkon bermadi. Yarim yildan so‘ng, “ustoz-shogird” ketma-ket “Ufa”ga qaytdi. O‘runov ufaliklar tarkibida ham o‘z o‘yinini topa olmaganini tan olishga majburmiz.

Yaqinda “Spartak” klubi rahbariyati Oston O‘runov kelasi mavsumga ikkinchi jamoa safida tayyorlanishi va Rossiya chempionatining nufuzi jihatidan ikkinchi turniri – Milliy futbol ligasida o‘ynashi haqida ma’lum qilgandi.

rue44477c5f91.36

Biroq, vaziyat o‘zgaradiganga o‘xshaydi.

Rossiya futbolini yoritayotgan manbalardan biri - rusfootball.info saytining ma’lum qilishicha, Oston O‘runovga Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan klublardan biri jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Hozircha, nomi sir tutilayotgan klub 20 yoshli legionerimizni keyinchalik transfer huquqini sotib olish imkoniyati bilan bir yilga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Manbalarning ma’lum qilishicha, osiyoliklar tez orada “Spartak” rahbariyatiga rasmiy so‘rov bilan murojaat qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Oston O‘runov “Spartak” bilan yana to‘rt yillik shartnomaga ega. Rossiya miqyosida maoshi ham baland.  Hamyurtimiz yiliga 600 ming evro atrofida xizmat haqi oladi. Aslida “Spartak”ga ham shuncha maosh oladigan va uzoq muddatli shartnomaga ega futbolchini oldiga jiddiy maqsadlar qo‘yilmagan ikkinchi jamoada o‘ynatgandan kuchli klublarga ijaraga berib yuborish har jihatdan foydaliroq. Agar xalqaro maydondagi turnirlarda qatnashadigan klubda O‘runovning o‘yini ochilib ketsa, uni “Spartak”ga qaytarish mumkin bo‘ladi. Kamida esa, Ostonni sotib yuborib, unga sarflangan mablag‘larni g‘aznaga qayta tushirishga ham imkon tug‘iladi.

Oston O‘runov yakunlangan mavsumda “Spartak” va “Ufa” jamoalari tarkibida Rossiya premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bu o‘yinlar davomida bitta gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.

IMG_8700

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bir necha marotaba Oston O‘runovni mahalliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga taklif qilgan bo‘lsa-da, so‘nggi paytda ko‘p jarohat olgani va o‘yin amaliyoti pasayib ketgani bois, uni 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogining qo‘shma saralash turniri doirasidagi rasmiy uchrashuvlarga jalb qilmadi.

O‘runovning yangi transfer narxi ma’lum bo‘ldi!

Rossiyada yulduzga aylanishi kutilgan O‘runov nega “sinib” qoldi?

Bizga Shomurodov kerak!

Shomurodovni yulduzli onlar kutmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dilshodbek shokirjonov
06/06/2021 17:47
100marta bir xil malumot beryabsizlar qaysi klubligini yozilar boldi