O‘runov “Ural”ga o‘tganidan keyin nimalar dedi?

  • 4 sentabr, 2022, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” rahbariyati tashabbusi bilan shartnomasi bekor qilingan Oston O‘runov bir kunda o‘ziga yangi jamoa topib, Ekaterinburgning “Ural” jamoasi bilan 2024 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnomaga imzo chekdi.

Tecno

Hamyurtimizning poytaxt klubi bilan 2020 yilning yozida tuzilgan bitimi 2025 yilning yozigacha davom etishi kerak edi. Oston  bitimni bekor qilish uchun maoshini to‘liq to‘lanishini talab qilgan edi. Keyinchalik to‘lanadigan summa ikki baravarga kamaytirilgani haqida xabarlar chiqdi.

oston-urunov-mozhet-perejti-iz-spartaka-v-chonbuk-motors_16578764021021705590

Muhimi, aynan o‘ynaydigan yoshda bo‘lgan iste’dodli futbolchimiz endi o‘yin amaliyotisiz qolmaydigan bo‘ldi. "Spartak"da yarim mavsum etarlicha maydonga tushirilmagan O‘runov formasini yo‘qotib qo‘ygani, jismonan baquvvat bo‘lishiga qaramay, jarohatlarga moyil bo‘lib qolgan edi. O‘zini ijaraga olgan “Ufa” tarkibida yana yuqori sport formasiga qaytgunicha ancha vaqt sarfladi.

Buyog‘iga O‘runovda o‘yin amaliyoti masalasida muammo bo‘lmaydi. “Ural” klubi uni aynan maydon markazini kuchaytirish va jamoaga yordam bera olishiga ishongani uchun o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi yangi jamoaga o‘tganidan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Ural” bilan shartnoma imzolab bo‘ldim. Bu erga jamoa bilan uchrashgani keldim.

“Ural”ga o‘tganimdan keyin qanday hissiyotlarni his qilyapman? Albatta, taassurotlar yaxshi.

“Ural”ning bugun o‘yinini qanday baholayman? Super.

Omadsiz startdan keyin bu vaziyatdan chiqib keta olmamizmi? Ha, - dedi Oston O‘runov "Sport Ekspress" nashriga.

“Ural” futbolchilari Rossiya premer-ligasining oltinchi turida Moskvada “Dinamo” jamoasi mehmoni bo‘ldi va mezbonlar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ekaterinburgliklar sakkizta uchrashuvda faqat “Fakel”dan bir ochko olgan va qolgan barcha bahslarda imkoniyat boy bergan. Hozircha, “Ural” so‘nggi pog‘onada qayd etilgan.

“Ural” 11 sentyabr kuni o‘z maydonida premer-liga debyutanti – “Torpedo”ni qabul qiladi. Oston O‘runov aynan mani shu bahsda yangi jamoasida debyut qilishi kutilmoqda.

Ekaterinburgda bo‘ladigan uchrashuv o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki Moskva klubi tarkibida yana bir legionerimiz Hojimat Erkinov tep tepmoqda. Oldindagi bahs Rossiya chempionatidagi “o‘zbek derbisi” bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, unga “sherlar”ning asosiy tarkibidan o‘rin berilmagan. Keyinchalik Namanganga yo‘l oldi.

Shu bois, professional futbolchi sifatida “Navbahor”da shakllangan. Keyinchalik Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p tepdi va aynan “temiryo‘lchilar” safida Rossiya premer-ligasiga yo‘l oldi. Legioner sifatida  “Ufa” va “Spartak” jamoalarida o‘ynadi.

O‘runov klublar maqyosida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol va beshta assist rasmiylashtirgan. Bu futbolchi maydon markazi, har ikki qanot va hujumchi ortida o‘ynay oladigan universal ijrochi hisoblanadi.

7a5796939c6ac0dde162bfc405fdcfa3_XL

Oston 2019 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasidan joy olib kelmoqda. Hozircha, 21 yoshli futbolchimiz ettita uchrashuvda bitta to‘p kiritgan.

Boburdan dubl. Legionerimiz gol ursa, jamoasi yutqazmaydi!

Shomurodovni olmoqchi bo‘lganimiz yolg‘on!

O‘runovga imkon berishmadi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
04/09/2022 19:57
Омад Остон
Baxtiyor Temirov
04/09/2022 18:08
Omad oston sen uzbeksan omad barcha Uzbek legionerlariga.