O‘runov “Spartak”ga qaytdi. Uni jiddiy sinov kutyapti

  • 13 yanvar, 2021, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” futbolchilari yangi yil ta’tilidan klub ixtiyoriga qayta boshladi.

Tecno

Moskva klubining o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runov ham “Spartak”ga qaytib, futbolchilarning salomatligi va jismoniy holatini aniqlash uchun tashkil etilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Lujniki” stadionida o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rikka Aleksandr Kokorin, Artem Rebrov, Ilya Kutepov, Ilya Gaponov, Nail Umyarov, Aleksandr Sobolev,  Jordan Larsson va Roman Zobnin ham etib keldi.

1280_864_max_7

“Spartak” premer-liganing ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlash arafasida turibdi. Murabbiylar shtabi Oston O‘runovni dastlabki xorijiy yig‘inga boradigan futbochilar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Domeniko Tedesko shogirdlari yangi yildagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 14-24 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘taydi.

Bundan tashqari, “Spartak” jamoasi 2021 yildagi birinchi uchrashuvini “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazishi kelishilgan. Unga ko‘ra, o‘rtoqlik uchrashuvi moskvaliklarning Birlashgan Arab Amirliklaridagi ikkinchi yig‘ini davomida, ya’ni 30 yanvar kuni Dubaydagi “Jabal Ali” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Oston O‘runov jamoasi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Jasur Yaxshiboev yordamida Belarus chempionligini qo‘lga kiritgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv ham Dubayda 6 fevral kuni tashkil etiladi. 

Yozgi transferlar mavsumida “Ufa”dan 1,5 million evroga olingan Oston O‘runov shu paytga qadar “Spartak” tarkibida premer-liga va Rossiya kubogi musobaqalarida jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, keyin paytlarda hamyurtimizning “Spartak”dagi faoliyati mavhumligicha qolmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davomida murabbiylar O‘runovning imkoniyatlarini yana bir bor sinab ko‘radi. Ayni paytda “Spartak”dagi legioner soni Rossiya premer-ligasi qoidalaridan belgilanganidan oshib ketgan. Limitga ko‘ra, RPLning har bir jamoasi ko‘pi bilan sakkiz nafar xorijlik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishiga ruxsat etiladi.

Yaqinda “Spartak” Gollandiya chempionatida “PSV Eyndxoven” jamoasidan yarim himoyachisi Yorrit Xendriksni olish masalasini hal qildi. Shuningdek, moskvaliklar tarkibiga “Flamengo”ga ijaraga berilgan braziliyalik yarim himoyachi Pedro Rosha ham qaytyapti. Ikki futbolchi qo‘shilishi bilan moskvaliklar safidagi legionerlar soni to‘qqiz nafarni tashkil etmoqda.

Tabiiyki, Xendriks “Spartak” asosiy tarkibdan joy oladi va yangi futbolchi sifatida o‘zini ko‘rsatishi uchun muayyan vaqtga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik, “Spartak” rahbariyati legionerlar limitiga amal qilish uchun Oston O‘runov yoki Pedro Roshadan voz kechishini ta’kidlamoqda. 2017 yili 12 million evroga xarid qilingan Rosha ijarada “aylanib” kelganini inobatga olsak, endigi navbat O‘runovniki.

1280_864_max_3

Ostonning “Spartak” bilan besh yillik shartnomasi bor. Moskvaliklar uning transferi uchun so‘rayotgan 6 million evro RPL jamoalariga og‘irlik qilmoqda. Shu bois, eng maqbul variant O‘runovni ijaraga berish bo‘lib qolmoqda. Unga talabgorlar etarlicha topiladi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ko‘p narsaga oydinlik kiritadi. Balki Oston O‘runov bu muddat ichida “Spartak” jamoasiga kerak ekanini isbotlay olar. Buyog‘ini endi vaqt ko‘rsatadi...

O‘runovdan xushxabar!

O‘runovni Evropada kutishyaptimi?

O‘runov – Premer-liganing har qanday klubini kuchaytirishga qodir!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!