O‘runov “Persepolis”ni tark eta oladimi? Shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

  • 18 noyabr, 00:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Persepolis” klubi yarim himoyachisi Oston O‘runovga bir nechta jamoalar tomonidan qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Tecno

Eron nashrlarining yozishicha, futbolchiga hatto Evropaning mashhur klubi – “Yuventus” ham ko‘z tikkan. O‘runovning “Persepolis” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi va unda futbolchiga jamoani o‘z xohishiga ko‘ra tark etish imkonini beruvchi hech qanday band mavjud emas.

Bu esa vinger faqat klubning to‘liq roziligi va kerakli miqdordagi transfer to‘lovi amalga oshirilgan taqdirdagina jamoadan ketishi mumkinligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, “Al Ain International Cup” turnirda O‘zbekiston Misrni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.  Ushbu uchrashuvda 24 yoshli futbolchi dubl qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
18/11/2025 16:06
1 та уйин натижаси кура, хулоса чикариш эрта, шошманглар , эрта индин ер билан битта киласизлар 100 %