O‘runov O‘zbekistonda biz berishimiz mumkin bo‘lgandan ko‘p maosh olardi

  • 10 fevral, 2024, 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” bilan xayrlashganidan keyin Oston O‘runov bir muddat jamoasiz yurdi. 23 yoshli futbolchi xorijdan jamoa qidirdi va oxir-oqibat Eronning “Persepolis” klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

IMG_1184

Bundan avval, O‘runov yana Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatildi. Ma’lumki, iste’dodli yarim himoyachi 2020 yili Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tib, uch yil davomida “Ufa”, “Spartak” va “Ural” jamoalarida o‘ynagan edi.

Rossiya futbolini muntaxam yoritib kelayotgan “Match TV” jurnalistlari Oston O‘runovni Rossiyaga ko‘chib o‘tishida bosh bo‘lgan Shamil Gazizov bilan o‘zbek legioneri haqida suhbatlashdi.

Shamil Gazizov ayni paytda Mahachqalaning “Dinamo” jamoasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Jurnalistlar Gazizovga Oston O‘runov “Persepolis”ga ko‘chib o‘tganini aytib, nega uni “Dinamo”ga chaqirmaganini so‘radi.

— Men O‘runov bilan hali xabarlashganim yo‘q, lekin uni albatta tabriklab qo‘yaman. Oston Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida yaxshi o‘ynadi va xorij klublari unga e’tibor qaratishdi.

— Siz O‘runovni “Dinamo”ga chaqirdingizmi?

— Biz ayni paytda birinchi ligada qatnashyapmiz va boshqa klublar bilan bu borada raqobatlasha olmaymiz.

Oston O‘runov hatto O‘zbekistonda ham biz taklif qilishimiz mumkin bo‘lgan maoshdan ancha ko‘p olardi, - dedi Shamil Gazizov.

Oston O‘runov aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq “sherlar”ning asosiy tarkibiga kiritilmaganidan keyin “Navbahor”ga ko‘chib o‘tgan va aynan namanganliklar jamoasida professional futbolchi sifatida shakllandi.

Jismonan baquvvat va kuchli texnika egasi bo‘lib etishgan O‘runov Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida o‘ynaganidan keyin Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tdi. Dastlab, “Ufa” safida hammasi juda yaxshi boshlagandi. Yarim mavsumda mahoratini namoyish eta olgan O‘runovni Rossiya Premer-ligasining deyarli barcha kuchli klublari o‘z safida ko‘rishni istagandi.

Biroq O‘runovni Rossiyaga olib ketgan Shamil Gazizov “Spartak” bosh direktori etib tayinlangani uchun o‘zbek futbolchisini ham Moskva jamoasiga olib ketdi.

IMG_1194

Gazizov “Spartak”ning o‘sha paytdagi xo‘jayini Leonid Fedun bilan ziddiyatga borgani hamyurtimizning ham faoliyatiga salbiy ta’sir qildi. Keyinchalik ijara asosida “Ufa”da o‘ynagan Oston “Spartak” bilan shartnoma bekor qildi.

Premer-liga vakillaridan “Ural” legionerimizga imkon bergan edi. Ammo O‘runov bu jamoada ham uzoq o‘ynamadi. 2023 yilning boshida “Navbahor”ga qaytgan O‘runov bir mavsum davomida yana faoliyatini tiklab oldi va nihoyat legioner maqomida to‘p tepadigan bo‘ldi.

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

Evropalik agent: “Bavariya”ning Fayzullaevga qiziqishi bejiz emas...

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
09/02/2024 22:24
Menimcha ortamiyonadan past bolgan futbolchi Al hilol bn ikkki uchrashuvda ham yoqoldi faqat nassaji mazandaran va mumbai citiga qarshi yaxshi oynadi...Suriya bilan oyinda umuman kornmadi Hindistonga qarshi oyinda porladi Avstraliya bn pyinda vapshe yoqolib qoldi Tailandga qarshi yaxshi oynadi Qatar bn oyinda normal oynadi hulosa ozingizdan
Mahmud Ttww
10/02/2024 12:41
Урунов ўзидан юлдузясаб олган, бунақалар узоққа боомайди, ўйини ўртача.
&
хушнудбек
10/02/2024 00:06
Хамаси бир гур бизни фудболчлар изни уларга жон куйштршни кераги йук курдилари Бошка мамлакат уйнчларни юткса йиглаяпти бизнклар эса уша уша факат пул буса булди буларда ватан туйгуси йук мухлислар учун уйнаш йук
Абдурашидович Равшан
09/02/2024 23:10
Навбахор даги маоши 400 000 $ эди деб эшитувдим
Nematjon Axmatxanov
09/02/2024 22:31
Oston navbaxor dan boshqa joyda yaxshi oynap ketishi qiyin oston navbaxor ga moslashgan
&
Arslan
09/02/2024 22:07
Oston Urunov juda yahshi futbolist Ostonga omad tilayman