
O‘rtoqlik uchrashuvlari. "Manchester Siti" va "Sevilya" g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor ayni damda Evropa klublari yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Jumladan, kecha Angliyaning amaldagi chempioni – “Manchester Siti” Yaponiyaning “Yokogama” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Gollarga boy kechgan o‘yin 3:1 hisobida “shaharliklar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu kuni APLning boshqa bir klubi "Everton" La Liga grandi "Sevilya"ga qarshi maydonga tushdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Yokogama" - "Manchester Siti" - 1:3
Gollar: De Bryuyne, 18 - 0:1, Endo, 23 - 1:1, Sterling, 40 - 1:2, Nmecha, 90 - 1:3.
***
"Everton" - "Sevilya" - 0:1
Gol: Okampos, 47 (penalti) - 0:1.
Fikrlar