
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Chili - Argentina bahsida hisob ochilmadi, Peru o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi
Xabaringiz bor ayni damda FIFA kunlari munosabati bilan dunyoning ko‘plab terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishmoqda.
Jumladan, bugun Janubiy Amerikaning ikki grandi – Chili va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. O‘yin 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
Ekvadorni qabul qilgan Peru esa o‘z maydonida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar