
O‘rtoqlik uchrashuvi. Masharipov jamoasi Kiprning nomdor jamoasiga qarshi o‘ynadi
Jaloliddin Masharipov etakchiligida Bolgariyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Saudiyaliklar Kiprning APOEL klubi bilan 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi. Legionerimiz bugungi bahsni ham asosiy tarkibda boshladi.
Avvalroq, "Al-Nassr" Makedoniyaning "Akademiya Pandev" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Yig‘in davomida yana bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtiriligan.
Fikrlar