O‘rtoqlik uchrashuvi. "Barselona" Yaponiyada "Chelsi"ga yutqazib qo‘ydi

  • 23 iyul, 2019, 17:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni damda dunyoning ko‘plab shaharlarida Evropaning grand klublari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishmoqda.

Tecno

Jumladan, hozirgina Yaponiyaning Saytama shahrida “Barselona” va “Chelsi” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. O‘yin 2:1 hisobida “aristokratlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Barselona” Ispaniya – “Chelsi” Angliya 1:2

23 iyul, 15.30, «Saytama-2002»

Gollar: 0:1 – 34 Abraxam, 0:2 – 81 Barkli, 1:2 – 90 Rakitich.

“Barselona” – ter Stegen (Neto, 46), Umtiti (Langle, 46), Alba (Gilem Jayme, 46), Pike (Todibo, 46), Serdji Roberto (Alenya, 46), Puch (de Yong, 46), Buskets (Nelson Semedu, 46), Kolyado (Malkom, 46), Buskets (Rakitich, 46), Dembele (Karles Peres, 46), Grizmann (Rafinya, 46).

“Chelsi” – Arrisabalaga, Emerson (Alonso, 46), Kristensen (Tomori, 48), David Luiz (Zuma, 46), Aspilikueta (Bakayoko, 71), Kovachich (Dzappakosta, 70), Maunt (Barkli, 60), Pulishich (Jiru, 60), Jorjino (Drinkuoter, 71), Pedro (Batshuayi, 70), Abraxam (Kenedi, 60).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!