O‘rtoqlik o‘yini. "Olimpik" "Paxtakor"ga qarshi bahsda kambek qayd etdi

  • 9 iyun, 2024, 20:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada yuzaga kelgan kichik tanaffusdan foydalanib, bugun Qibraydagi bazada “Olimpik” “Paxtakor”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

O‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan “Olimpik” a’zosi Muhsin Bozorov dubl qayd etib, kichik kambekka o‘z hissasini qo‘shganini qayd etishimiz lozim.

“Paxtakor” – “Olimpik” - 2:2

“Olimpik”: Shukron Yo‘ldoshev, Nodir Abdixoliqov, Asadbek Jo‘raboev, Farrux Muxtorov, Jaloliddin Sodiqov, Muhammadaziz Ibrohimov, Shahzod Toirov, Rustam Jahonov, Samandar Qodirov, Muhammadbobir Mo‘ydinov, Temur Mamasidiqov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Edem Nemanov, Davron Olimjonov, Muhsin Bozorov, Rian Islamov, Abdulboriy Ma’rufjonov, Aleksandr Zevadinov, Oybek O‘rmonjonov, 2 nafar ko‘rikdagi futbolchi.

Gollar: Pazildinov 37, Ergashboev 60 -  Muhsin Bozorov 67, 71.

“Olimpik” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
.... ....
10/06/2024 06:44
Paxtakorri uyinchilari qani? Dumbil jurnalist!!!