O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Nasaf" yoshlarini yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 6 aprel, 2023, 16:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga 4-turi doirasidagi "Dinamo" - "Andijon-SGS" o‘yini mehmon jamoaning Ispaniyada yoshlar o‘rtasidagi o‘rtoqlik turnirida qatnashishi sababli PFL tomonidan noma’lum muddatga qoldirilgandi.

Tecno

Yuzaga kelgan tanaffusda "Dinamo" jamoasi bugun Zafar Xolmurodov murabbiyligidagi "Nasaf" o‘rinbosarlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. 

O‘yindagi hisob 1-bo‘limda samarqandlik himoyachi Salim Mustafoev tomonidan ochildi. Taym yakunigacha darvozabon Farhod Rahmatov jamoasini ikki marta muqarrar goldan saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradan maydonga tushgan Bahodir Abduvaliev farqni ikkitaga etkazgan bo‘lsa, 74-daqiqada Komil Sharofitdinov ishlagan penaltini Muhammadbobur Asadullaev golga aylantirdi. 75-daqiqada esa Komil Sharofitdinovning uzatmasini Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi Elnurbek Saitmurodov bosh bilan qarshiliklar darvozasiga joyladi – 4:0.

"Dinamo" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!