Orif Tolipov: Men murabbiydan tarkibdagi ba’zi yo‘qotishlar bo‘yicha echimlar kutyapman
Bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan futbol jamoatchiligi, xususan, jurnalist, bloger va futbolchilarning fikrlari bilan tanishib chiqdik.
Quyida taniqli futbol sharhlovchisi Orif Tolipovning o‘yinoldi fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
- Timur Kapadze uchun bu o‘yin debyut. Avvalgi o‘rtoqlik o‘yinini hisoblamagan bo‘lardim, u ko‘p narsani anglatmasligini tushunamiz. Men murabbiydan tarkibdagi ba’zi yo‘qotishlar bo‘yicha echimlar kutyapman. Markaziy himoyada masalan qanday ko‘rinish bo‘ladi, O‘runovning holati qanday va u o‘ynamasa qanday o‘rin to‘ldiriladi va hokazo.
- Qo‘shnilar imkoniyat kutadi. Ikkinchi raqamda o‘ynaydi va individual mahoratga tayanadi. Himoyada xato qilmasak yoki kamroq qilsak muammo bo‘lmasligi kerak.
- Biz ustunlikka erishamiz, yirik hisobdagi g‘alabani istayapman. Ammo shunchaki g‘alabaga ham roziman, albatta.



Fikrlar