O‘rgan Ronaldu! Mbappe gol urish Krishtianu urolmagan tarixiy rekord ostonasida turibdi

  • 4 may, 19:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Ispaniya chempionatining 34-turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Selta” jamoasi ustidan 3:2 hisobida zafar quchib, qimmatli uch ochkoni keltirdi.

Tecno

Bellashuvda raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan Kilian Mbappe madridliklar safida debyut mavsumidagi umumiy gollarini sonini 36 taga etkazib oldi.

 Frantsiyalik hujumchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketgan edi. Portugaliyalik yulduz “Real”ga kelgan ilk mavsumda o‘z hisobiga 33 ta gol yozdirib qo‘ygan, biroq bu boradagi rekordni yangilay olmagan edi.

Debyut mavsumda ko‘p to‘p kiritish rekordi Ivan Samaranoga tegishli. 1992-1993 yilgi musobaqalarda chililik forvard o‘z hisobiga 37 ta gol yozdirib qo‘ygan. Umumiy hisobda Samarano 1996 yilgacha madridliklar safida 173 ta bahsda 101 ta gol va 22 assist muallifi bo‘lgan.

Mbappe Samaranoning rekordini takrorlashi uchun yana bitta gol kerak. Ispaniya chempionat yakunlangunicha yana to‘rtta o‘yin borligini inobatga olsak, 25 yoshli frantsuz nafaqat rekordni takrorlash, balki yangisi o‘rnatish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!