
"Open FC 20" turnirida o‘zbekistonlik sportchilar jang qiladi!
3 iyul kuni Qirg‘izistonning Osh shahrida MMA bo‘yicha o‘ziga xos jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, Rossiyaning Open FC promousheni tomonidan tashkil etilayotgan yubiley 20-turnirida bir qator o‘zbekistonlik sportchilar ham oktagonga ko‘tariladi.
Jumladan, Jahongir Qoraboev hamda Farruh Madaminov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boruvchi yurtdoshimiz Abdurahmon G‘ofurov mezbonlar vakili Adilet Alimbekga qarshi jang qiladi.
Hamyurtimiz hisoblanuvchi G‘ofurov professional faoliyati mobaynida 4 ta g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Adilet Alimbekning rekordi esa 2-0 ko‘rinish olgan.
Shuningdek, ushbu kechada Muhammadumar Abdurahmonov, Javohir Umurzaqov, Sherzod Sobirov, Bahtiyor Bekmirzaev, Qodirxon G‘aniev kabi yurtdoshlarimiz ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi.
Shu o‘rinda ushbu janglarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar