"Ona, biz TsSKAmiz!" Moskva klubi haqida serial suratga olindi

  • 25 dekabr, 2024, 17:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilning yanvar oyida suratga olinishni boshlagan, "Ona, biz TsSKAmiz" hujjatli seriali Rossiyaning eng mashhur jamoalaridan birining hayoti va faoliyatini yoritib beradi. Ushbu serialda siz klubning murabbiylar shtabi qarorlari va transferlar bo‘yicha muzokaralardan tortib, darvozabon Slava Toropning dahshatli jarohatidan keyin reanimatsiya mashinasida olingan noyob kadrlargacha ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. 

Besh qismdan iborat "Ona biz TsSKAmiz" seriali 2025 yilning qishida Okko'da namoyish etiladi. 

Serial syujeti jamoaning ichki muhitiga sho‘ng‘ish imkonini beradi va nafaqat o‘yinchilar va murabbiylar, balki ularning muvaffaqiyatlari ortida turganlar ham ochib beriladi. Tibbiyot xodimlari, sport blogi, futbolchilarning oilalari va do‘stlari, muxlislar va  dunyoning eng chekka joylarida ham jamoani qo‘llab-quvvaytaydigan noma’lum qahramonlar shular jumlasidandir. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!