Omadsiz hujumchini “Real”ga o‘tkazishmoqchi

  • 3 iyun, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku har yili yoda o‘ziga yangi jamoa qidirishga majbur bo‘lmoqda. Aslida u “Chelsi” hujumchisi hisoblanadi.

Tecno

Biroq, London klubidagi faoliyati kutilgandek chiqmagani bois, bu mavsum ijara asosida “Inter” safida o‘tkazdi.

Milanliklar ham o‘yinida pasayish kuzatilgan forvardni transfer qilmaydigan bo‘ldi. Tez orada Lukaku London klubi ixtiyoriga qaytadi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “aristokratlar” bu o‘yinchini hujumchi qidirayotgan “Real”ga taklif qilishga tayyorlanmoqda. “Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino tarkibni qayta shakllantiryapti. Unga Lukaku kerak emas.

Shu bois, londonliklar “Real”ga futbolchini ijaraga olishni taklif qilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!