"Oltin to‘p"ni kim olishi aniq bo‘ldi (FOTO)

  • 28 oktabr, 2024, 10:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Parijda “Oltin to‘p” sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir oldidan “Oltin to‘p”ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkauntida bu yil sovrinni kim qo‘lga kiritishiga shama qilingan ko‘rinadi.

Tecno

E’lon qilingan videoda Dide Drogba "Oltin to‘p"ni Reseb nomi bilan tanilgan bloger Eron Ferreyriga topshirayotgani aks etgan. E’tiborlisi, bloger Braziliya terma jamoasi libosida edi.

Ushbu videodan so‘ng, muxlislar bu yilgi "Oltin to‘p" mukofoniti Madridning "Real" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior qo‘lga kiritishiga yanada ishonch hosil qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior o‘tgan mavsum "Real" bilan birga La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!