"Oltin to‘p"ni kim oladi?

  • 7 iyul, 16:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Oltin to‘p" sovrini uchun allaqachon asosiy beshta da’vogar ma’lum, ammo o‘rinli savol tug‘iladi. 

Tecno

Bu yil mazkur sovrin kimga nasib etadi? Keling shu besh nomzodni olish imkoniyatlari ko‘rib chiqamiz.

1. Rafinya Diaz: Braziliyalik futbolchi Saudiyaga ketilishi kutilayotgan edi.  Shuningdek, uning o‘zi ham intervyularida buni ochiq aytayotgan edi.  Biroq Katalon jamoasiga Xavidan keyin Xansi Flik kelib "ko‘k-anorranglilar"ning muhitini tamomila o‘zgartirib  yubordi shu asnoda Rafinya ham va kutilmaganda o‘zgacha o‘yinlar ko‘rsatishni boshladi. 

Hattoki jamoa sardoriga aylanishga ulgurdi u gol+assistlar bo‘yicha jamoa afsonasi Lionel Messini ortda qoldirdi. Muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatdi, gol urdi,  golli uzatma amalga oshirdi. Rafinya “Oltin to‘p”ning asosiy favoriti hisoblanar edi, biroq vaqt o‘tishi bilan uning raqobatchilari etib olishdi.  Shu bilan birga, braziliyalik futbolchining 57 o‘yinda 34+25 ko‘rsatkichi bo‘lgan fantastik statistikasini qayd etmasdan iloji yo‘q. 

2. Navbatdagi nomzod esa Angliyaning "Liverpul" klubida o‘zining sermahsul o‘yinlarini ko‘rsatayotgan Muhammad Saloh bo‘lib turibdi. Futbolchi 33 yosh bo‘lishiga qaramay, muxlislarni hamon o‘z o‘yinlari bilan xursand qilib kelmoqda. Yurgen Klopp "Liverpul"ni tark etganidan so‘ng, ko‘pchilik mersisaydliklar va ayniqsa Saloh mavsumni unchalik muvaffaqiyatli o‘tkazmasligini bashorat qilgandi, ammo misrlik ikkinchi yoshlikni boshdan kechirmoqda.  O‘tgan mavsumda 52 ta o‘yinda 34 ta gol va 23 ta golli uzatma, shuningdek, jamoasi bilan Angliya kubogi,  Angliya Superkubogini yutishga muvaffaq bo‘ldi. "Liverpul" klubi ham xuddi "Barselona"dek Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnasha olmadi.  Aynan shu sababli ham misrlik vingerning "Oltin to‘p"ni olish imkoniyati kamroq deb baholanmoqda. 

3. Endigi navbat esa hozirda asosan zaxiradan maydonga tushayotgan, frantsuz Kilian Mbappe.  26 yoshli forvard o‘tgan mavsum boshida "qirollik klubi"ga kelib qo‘shilganiganiga qaramay, bir qator gollarga mualliflik qildi.  Vaqt o‘tishi bilan Mbappe  "Real Madrid"ga ko‘nikib qoldi va jamoa libosida 58 o‘yinda 44 ta gol urdi. Bundan tashqari, hujumchi beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Afsuski, mavsum “Real” uchun omadsiz kechdi.  Jamoa faqat bitta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ketma-ket 4 ta "El-Klasiko"ga yutqazdi. Shunga qaramay, “Real Madrid” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblik uchun kurashni davom ettirayotganini alohida ta’kidlash joiz. 

4. Ushbu o‘rinda "Barselona"ning va ayni dam transferlar oynasida eng qimmat futbolchi sifatida qayd etilayotgan Lamin Yamal egallagan. Ispaniyalik futbolchi garchand UEFA chempionlar ligasi kubogini yutish nasib etmagan bo‘lsada, uning sovrinlari qatorida Evro 2024, Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi kabilar bor. Butun mavsum davomida Yamal 55 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nihoyat kuchli beshlikni yakunlovchi futbolchi Usmon Dembelega etib keldik. UEFA Chempionlar ligasi doirasida o‘zining sobiq jamoasi "Barselona" ga gol urganidan so‘ng kataloniyalik muxlislarining nafratiga uchragan frantsiyalik futbolchi parijliklar safida to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi va endi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblik sari ishonch bilan bormoqda.  28 yoshli futbolchi PSJ libosida 51 ta o‘yinda 34 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Og‘abek Xursanov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!