
"Oltin to‘p" uchun da’vogarlar reytinggi yangilandi
Nufuzli"Goal" portali 2025 yil "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlar reytingini yangiladi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh joy olgan – u joriy mavsumda 32 ta gol va 22 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Ikkinchi o‘rinda Kilian Mbappe, u "Real" safidagi dastlabki o‘yinlarida biroz qiynaldi, ammo keyinchalik yaxshi sport formasiga kirib, jamoaga natijalarga erishishda yordam bermoqda. Kuchli uchlikni esa "Barselona" vingeri Rafinya yakunlab beradi.
Top-10 reyting quyidagi futbolchilar bilan davom etadi: Lamin Yamal, Xarri Keyn, Robert Levandovski, Vinisius Junior, Jud Bellingem, Jamal Musiala va Pedri.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil "Oltin to‘p" sovrini Rodriga nasib etgan edi.
Fikrlar