"Oltin to‘p" sohibi Evropaga qaytishi mumkin

  • 22 sentabr, 17:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al Ittihod" klubining 37 yoshli forvardi Karim Benzema faoliyatini "Benfika"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Goal nashri bergan xabarlarga ko‘ra, lissabonliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi frantsiyalik xujumchini klubga olib kelishni hoxlayapti. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi ushbu transfer amalga oshishi uchun maoshini kamaytirishga ham rozi bo‘lishi kerak. Strayker Riyod klubi safida yiliga 100 million evro ishlab topadi. Ushbu transfer lissabonlikliklar uchun 7 millionga tushishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Benzemaning "Al Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!