
"Oltin to‘p" favoritlarining yangilangan reytingi e’lon qilindi
"Goal" nashri "Oltin to‘p" sovriniga da’vogarlarning yangilangan reytingini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, PSJ hujumchisi Lionel Messi hamon sovrin uchun asosiy da’vogar sifatida qoldi. Ro‘yxatga "Real" hujumchisi Karim Benzema va "Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines kiritildi, ular ro‘yxatning avvalgi versiyasida yo‘q edi.
Quyida eng yaxshi 20 favorit bilan tanishing:
20. Entso Fernandes ("Chelsi", avvalgi reytingda 16-o‘rin);
19. Xulian Alvares ("Manchester Siti", avvalgi reytingda 17-o‘rin);
18. Xarri Keyn ("Tottenxem", o‘z o‘rnida qoldi);
17. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti", avvalgi reytingda 15-o‘rin);
16. Martin Edegor ("Arsenal", avvalgi reytingda 14-o‘rin);
15. Karim Benzema ("Real Madrid", reytingning avvalgi versiyasiga kiritilmagan);
14. Lisandro Martines ("Manchester Yunayted", reytingning avvalgi versiyasiga kiritilmagan);
13. Jud Bellingem ("Borussiya" Dortmund, o‘z o‘rnida qoldi);
12. Bukayo Saka ("Arsenal", o‘z o‘rnida qoldi);
11. Neymar (PSJ, avvalgi reytingda 5-o‘rin);
10. Jamal Musiala (Bavariya, o‘z o‘rnida qoldi);
9. Kazemiro ("Manchester Yunayted", avvalgi reytingda 11-o‘rin);
8. Viktor Osimhen ("Napoli", avvalgi reytingda 9-o‘rin);
7. Xvicha ("Napoli", avvalgi reytingda 8-o‘rin);
6. Robert Levandovski ("Barselona", avvalgi reytingda 4-o‘rin);
5. Vinisius Junior ("Real", avvalgi reytingda 7-o‘rin);
4. Markus Reshford ("Manchester Yunayted", avvalgi reytingda 6-o‘rin);
3. Erling Xoland ("Manchester Siti", o‘z o‘rnida qoldi);
2. Kilian Mbappe (PSJ, o‘z o‘rnida qoldi);
1. Lionel Messi (PSJ, o‘z o‘rnida qoldi).
Fikrlar