
Olmo "Leyptsig"ni ko‘ndirishga harakat qilmoqda
Dani Olmo bu yozda sobiq jamoasi "Barselona"ga qaytishga harakat qilmoqda. Buning uchun futbolchining o‘zi ham harakatga tushdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, bugun yarim himoyachi Germaniyaga uchib borib, rahbariyat bilan uchrashadi va bu transferga klubni rozi qilishga urinib ko‘radi. Agarda "Leyptsig" "Barselona"ning ikkinchi taklfini qabul qilsa, Dani Kataloniya jamoasiga qo‘shilishga yaqin kelishi mumkin.
Avvalroq, "Barsa" 55+4+3 million evrolik taklif bilan chiqdi. Ammo nemislar kafolatlangan 60 million evro olishni istaydi. Olmo bilan esa kelishib olingan. U 2030 yilgacha amal qiladigan shartnomaga qo‘l qo‘yishga tayyor.
Fikrlar