Olmo "Barselona"da kimlar bilan birga to‘p tepish sharafligini aytdi

  • 26 dekabr, 2024, 11:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Dani Olmo nega aynan "Barselona"ni tanlaganini aytdi. 

"Ko‘k-anorranglilar" akademiyasidan chiqqan futbolchi shu yilning yozida "Leyptsig"dan 60 million evro evaziga sobiq jamoasiga qaytgandi. 

"Boshqa variantlar ham bor edi. Biroq "Barselona" taklif bilan chiqqanida, menda hech qanday shubha yo‘q edi. Uyga oilam va do‘stlarim oldiga qaytish orzum edi va buni amalga oshirdim. 

"Kamp Nou"da Frenki (de Yong), Robert (Levandovski) va Ronald (Arauxo) kabi o‘yinchilar bilan birga to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Biz bir jamoamiz va muxlislarimizga katta quvonch bag‘ishlashimizga umid qilamiz", -
dedi "Barselona" yarim himoyachisi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!