Oliver Kan: "Barselona" bilan og‘zaki kelishuvga erishdik, ammo..."
"Bavariya" boshqaruv raisi a’zosi Oliver Kan Robert Levandovsining "Barselona"ga o‘tayotgani haqida gapirdi.
"Ikki oy avval bu haqda hech qanday gap yo‘q edi. Biroq vaziyat tubdan o‘zgardi. Ayni vaqtda "Barselona" bizni qoniqtira oladigan miqdorni taklif qildi. Shunday qilib, "Barselona" bilan kelishuvga erishdik. Ammo faqat og‘zaki. Rasmiy shartnoma hali imzolanmagan", - dedi afsonaviy darvozabon.
Qayd etish lozim, 24 soat ichida Levandovskining "Barselona"ga o‘tishi hal bo‘lishi kutilmoqda.



Fikrlar