Olimpiya o‘yinlaridagi yana bir xatolik e’tirozlarga sabab bo‘ldi

  • 29 iyul, 2024, 11:32
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

"Parij-2024" Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasining aloqalar bo‘yicha direktori Enn Deskam basketbol turniri guruh bosqichining 1-turida Janubiy Sudan va Puerto-Riko (90:79) o‘rtasidagi o‘yinda yuz bergan voqea uchun uzr so‘radi.

Tecno

Kecha, 28 iyul kuni uchrashuv oldidan tashkilotchilar Janubiy Sudan madhiyasi o‘rniga boshqa kuy chalishdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan janubiy sudanlik muxlislar tezda o‘z noroziliklarini bayroqlarni silkitib, noto‘g‘ri madhiya to‘xtatilguniga qadar baqirish bilan ko‘rsatishdi.

"Bunday xatolik uchun uzr so‘raymiz", - dedi Deskam matbuot anjumanida.

Tez orada tashkilotchilar kerakli madhiyani topish uchun tanaffusga chiqishdi. Shu payt tribunada bo‘lgan tomoshabinlar va Puerto-Riko terma jamoasi futbolchilari Janubiy Sudan termasi va uning muxlislari bilan birdamlik bildirish uchun qarsak chala boshladi.

Janubiy Sudan 2011 yilda Sudandan ajralib chiqqan va o‘z madhiyasiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!