"Olimpik" Qozog‘iston klubini ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub etdi
Xabaringiz bor, "Olimpik" jamoasi Timur Kapadze boshchiligida Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda. Kecha jamoa Qozog‘iston Premer-ligasi vakili "Qaysar" bilan nazorat bellashuvini o‘tkazdi. Unda Alisher Odilov va Ruslan Jiyanovlarning gollari "Olimpik"ga g‘alabani taqdim etdi.
Nazorat uchrashuvi, 26.12.2023
"Olimpik" - "Qaysar" 2:0
Gollar: A.Odilov, R.Jiyanov
"Olimpik": Hamidullo Abdunabiev, Akbar Abdurasulov, Aleksandr Zevadinov, Ahmadullo Muqumjonov, Amir To‘raqulov, Ibrohim Ibragimov, Jasur Jaloliddinov, Farruh Muxtorov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Alisher Odilov, Samandar Mavlonqulov (Ruslan Jiyanov, 30).
Zaxiradan tushganlar: Saidazamat Mirsaidov, Jahongir Fozilov.
Eslatib o‘tamiz, "Olimpik" 23 dekabr kuni ham aynan "Kaysar"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.



Fikrlar